Fitna: Si Szinpin eng yaqin harbiy safdoshini ishdan haydadi
Olam
−
04:48 461 2 daqiqa
Kecha, 28 avgust kuni Xitoy Markaziy harbiy kengashidagi (MHK) lavozimlaridan generallar Chjan Yusya va Lyu Chjenli ozod etildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Chjan MHK raisi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan U Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpindan keyin harbiy rahbariyatdagi ikkinchi odam hisoblangan va raisning eng yaqin harbiy safdoshi bo‘lgan. Generallarga nisbatan tergov intizom va qonunni jiddiy buzishda gumonlanib, joriy yilning yanvar oyida boshlangan.
Qayd etish joiz, Xitoy yetakchisi so‘nggi bir necha yil ichida armiyada korrupsiyaga qarshi kampaniyani keskin kujaytirdi. Uning doirasida sobiq mudofaa vazirlari Vey Fenxe va Li Shanfu lavozimidan ozod etilib, tergovga tortilgan edi.
Kadrlar o‘zgarishi Xitoyda ehtimoliy harbiy to‘ntarishga urinish haqidagi mish-mishlardan so‘ng yuz bergan.
“Joriy yilning 18 yanvar kuni Chjan go‘yoki Pekin g‘arbidagi “Insi” mehmonxonasiga Si Szinpinni hibsga olishi kerak bo‘lgan rota harbiy xizmatchilarini yuborgan”, deb yozgan edi “The Spectator”.
Xitoy yetakchisi Markaziy muhofaza byurosining harbiy xizmatchilari Chjanning harbiylariga pistirma qo‘ygan. Ushbu to‘qnashuv oqibatida to‘qqiz nafar soqchi va o‘nlab harbiy xizmatchilar halok bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Chjan 1979 yilgi Xitoy-Vetnam urushida qatnashgan. Uning otasi, general Chjan Szunsyun XXR Raisining otasi Si Chjunsyunning safdoshi bo‘lgan. Chjan va Si “shahzodalar”ga – yuqori lavozimli partiya arboblarining avlodlariga kiradi. 2012 yilda Chjan XXOAning qurol-yarog‘ xarid qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan Bosh qurollanish boshqarmasiga rahbarlik qilgan. 2017 yilda u MHK raisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2022 yilda esa nafaqaga chiqishi kerak bo‘lsa-da, ushbu lavozimga qayta saylangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda Oliy harbiy sud sobiq mudofaa vazirlari Vey Fenxe va Li Shanfularni 2 yillik sinov muddati bilan shartli o‘lim jazosiga hukm qilgandi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust