Fitch Ratings Toshkentni qarzga chidamliligi bo‘yicha “AA” reytingi bilan baholadi — Ortiqxo‘jayev
Jamiyat
−
10 dekabr 2019
5880Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Toshkent shahri uchun uzoq muddatli “Barqaror” prognozli “BB” suveren kredit reytingini taqdim etdi hamda qarz yukiga chidamliligi bo‘yicha “AA” reytingi bilan baholandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga yo‘llagan murojaatnomasida ma’lum qildi.
“Fitch Ratings agentligidan ijobiy reyting baho olish, shaharning moliyaviy va iqtisodiy barqaror hamda ishonchli ekanligini anglatadi, investorlar uchun qulay biznes muhiti mavjudligini kafolatlaydi”, deydi Ortiqxo‘jayev.
Ortiqxo‘jayevning qayd etishicha, uning hokimlik davri o‘tib borayotgan yilida Toshkent shahrida 10 oyda 16 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilgan. Yil yakunigacha esa yana 8 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilishi kutilmoqda.
“Faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlarning 4 mingtasi o‘z faoliyatini 10 oy ichida qayta tiklagan.
Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan jami korxona va tashkilotlarning 88 foizi kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi.
Toshkent shahrining har 1000 nafar aholisiga 27 ta kichik korxona to‘g‘ri kelmoqda va ularning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 62 foizga yetdi.
Toshkent shahrida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 66 foizi kichik biznes tomonidan ishlab chiqarilmoqda”, deydi Ortiqxo‘jayev o‘z murojaatida.
Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, tugab borayotgan yilda ham Toshkent shahridagi eng yirik kompaniyalar Ortiqxo‘jayevga tegishli bo‘lib qolmoqda. Bu orada uning shirkatlari bilan raqobatlasha oladigan korxona tashkil topgani yo‘q.
LiveBarchasi