Firibgarligi boshiga balo bo‘ldi
Jamiyat
−
08 Oktabr 2019
5684“O‘zsanoatqurilishbank” Namangan mintaqaviy filiali tomonidan Namangan shahridagi “Axsin tex servis” MCHJga aylanma mablag‘ini to‘ldirish va aholini iste’mol tovalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 12 oy muddatga 1 milliard so‘m miqdorida kredit ajratilgan.
Ushbu kredit evaziga A.Ismatullayevga tegishli “Bobur avtonaqlservis” jamiyatiga qarashli 4 dona “HOWO”, “SHAANXI” rusumli avtotransport bank tomonidan garovga va taqiqga qo‘yilgan.
Bank olingan kredit mablag‘lari o‘z vaqtida qaytarilmagani uchun sudga murojaat qiladi.
Namangan shahar iqtisodiy sud tomonidan kredit mablag‘larini majburiy undirish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingan.
A.Ismatullayev bank filiali garovga qo‘ygan va taqiqga olingan transport rusumlarini sotib yuborish xayoliga kelib turli “g‘oya”larni o‘ylab topadi.
Birinchi navbatda bank mansabdor shaxslari imzosini soxtalashtiradi. Keyin filial shtamp va muhrlarini qalbakilashtirib, soxta yozuvlar kiritadi.
Natijada, go‘yoki bank tomonidan olingan kredit mablag‘lari to‘lab bo‘lingani haqidagi hujjatlar tayyor bo‘ladi.
Shundan so‘ng A.Ismatullayev qabih niyatini davom ettirib, taqiqga olingan avtomashinalarni taqiqdan chiqarishga erishadi.
U “hech kim bilmaydi” qabilida ishini davom ettirib, endi garovga qo‘yilgan transport vositalarini sotib yuboradi va davlat manfaatlariga 771 million 191 ming 371 so‘m zarar yetkazadi.
Mazkur holat yuzasidan A.Ismatullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228 moddasi 1 va 3 qismi hamda 233-moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi