Finlyandiyaning yangi Prezidenti e’lon qilindi
Olam
−
12 fevral
5126Kecha 11 fevral kuni Finlyandiyada o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida sobiq bosh vazir Aleksandr Stubb 51,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda Finlyandiya Adliya vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, saylov byulletenlarining 100 foizi hisoblab chiqilgan. Stubbning asosiy raqibi bo‘lgan sobiq tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto esa 48,4% ovoz olgan.
Nomzodlar o‘rtasidagi farq 99 ming ovozdan kam bo‘lgan. Qayd etilishicha, bu farq prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi tarixidagi eng kichigi bo‘ldi.
Ikkinchi turda saylovchilarning 70,7 foizi, birinchi turda 75 foizi ishtirok etgan.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, 56 yoshli Stubb joriy yilning 1 martidan prezidentlik lavozimiga kirishadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 fevral kuni Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Ilhom Aliyev g‘olib bo‘lgan edi.
LiveBarchasi