Finlyandiyadagi turnirda o‘zbekistonlik bokschilar g‘alaba qozondi

Sport

image

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "GeeBee" xalqaro turnirida ishtirok etmoqda. 

Kecha, 7 mart kuni ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. -63 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev armanistonlik Narek Xovannisyanni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. -57 kg vaznli Abdumalik Xalakov esa rossiyalik Vsevolod Shumkovdan ustun keldi. 

Ma’lumot o‘rnida, -57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalakov germaniyalik Murat Yildirimni 3:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, -69 kg vaznli Jahongir Rahmonov armanistonlik Arson Grigoryanga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Boks Xel'sinki

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing