Finlyandiyada tezlikni oshirgan haydovchi 121 ming yevro jarimaga tortildi. Bu rekordmi?
Bu qiziq
−
06 iyun 2023
5566Finlyandiyada multimillioner biznesmen tezlikni me’yordan 30 kilometr/soatga oshirgani uchun 121 ming yevro (129 ming dollar) miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda mahalliy “Nya Aland” gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Boltiq dengizining Finlyandiyaga tegishli Aland orollari hududida 76 yoshli multimillioner Anders Viklyof tezlik cheklovi 50 kilometr/soat bo‘lishiga qaramay, 82 kilometr/soat bilan harakatlangan.
“Men rostdan ham afsusdaman. Tezlikni pasaytirishni boshlagandim, ammo bunaqa tez sodir bo‘ladi, deb o‘ylamabman”, deydi Viklyof.
Ma’lumot uchun, Skandinaviya davlatlarida, jumladan, Finlyandiyada jarimalar qoidabuzarlikning og‘irligi va uni sodir etgan shaxsning daromadidan kelib chiqib solinadi. Politsiya esa huquqbuzarning shaxsiy daromadi haqidagi ma’lumotni smartfonlar yordamida soliq to‘lovchilarning markaziy ma’lumotlar bazasiga ulanish orqali darhol tekshirishi mumkin. Viklyof yiliga 350 million yevrolik daromadga ega holding kompaniyasining asoschisi hisoblanadi. Shuning uchun ham unga nisbatan qo‘llangan jarima miqdori shunchalik yuqori bo‘lgan.
Multimillioner bundan avval ham ikki bor tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortilgan, shuningdek bir marta 10 kunga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Viklyofga solingan jarima rekord miqdor emas. Shveysariyada 2010 yilda tezlikni soatiga 290 kilometrgacha oshirgan haydovchi 1,08 million Shveysariya franki yoki 1,1 million AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilgandi. Bu hozircha rekord bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi