Finlyandiya va Shvetsiya birgalikda qurollanmoqchi

Olam

image

Finlyandiya va Shvetsiya birgalikda portativ o‘qotar qurollar va tankga qarshi qurollarni sotib oladi. Bu haqda Finlyandiya Mudofaa vazirligi ikki davlat NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan vaqtida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ikki davlat shved qurol ishlab chiqaruvchi Saab Dynamics sho‘’ba korxonasidan tankga qarshi qurollarni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishish orqali Finlyandiya mudofaa xaridlari bo‘yicha hamkorlikni faollashtiradi.

Finlyandiya Mudofaa vaziri Antti Kaykkonen ham avtomatlar, o‘qotar qurollar va shaxsiy mudofaa qurollarini birgalikda sotib olishga tayyorgarlik ko‘rishga ruxsat bergan.

Tankga qarshi qurollar bo‘yicha kelishuv raketalar, qaytariluvchi miltiqlar, o‘q-dorilar va boshqa tegishli jihozlarni sotib olishga imkon beradi. Hozirda xaridlar alohida investitsiya qarorlarini kutmoqda.

“Ijro hujjatlari tufayli qo‘shma xaridlar Finlyandiya va Shvetsiyada muhim mudofaa uskunalari mavjudligini yaxshilaydi, chunki mamlakatlar bir xil tijorat kelishuvi asosida faoliyat yurita oladi”, deyiladi bayonotda.

Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga intilishlari

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush boshlashi ortidan uzoq yillar davomida betaraflik maqomida bo‘lib kelgan Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilish harakatiga tushdi. 

Joriy yilning 12 may kuni Finlyandiya Prezidenti va Bosh vaziri mamlakat NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. NATO ham bu davlatni ortiqcha jarayonlarsiz tashkilotga olishga tayyorligi bildirildi.

Buning ortidan rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qildi. Xususan, Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishi aytildi.

11 may kuni esa Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ikkala davlatga tashrif buyurib, Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini imzoladi.

13 may kuni esa NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga ijobiy qaramasligini bildirdi. Bunga ikki davlat Turkiya terrorchi deb tan PKK'ni ko‘llab-quvvatlashi sabab qilib ko‘rsatildi.

18 may kuni Finlyandiya va Shvetsiya rasman NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. Erdo‘g‘an esa Turkiya ushbu ikki davlatning NATOga kirishiga yo‘l qo‘yib, Gretsiya bilan yo‘l qo‘ygan xatosini takrorlamasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing