Finlyandiya Rossiya bilan chegarani butunlay yopmoqchi

Olam

image

Finlyandiya hukumati yaqin kunlarda Rossiya bilan chegarasidagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini yopishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligidagi manbalarga tayanib, “IltaLehti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hukumat bugun, 20 noyabr kuni sharqiy chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktini yopish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunday holda, nazorat-o‘tkazish punktlari 22 noyabr kuni yopiladi.

“Finlyandiya hukumati janubi-sharqdagi to‘rtta nazorat-o‘tkazish punkti yopilganidan keyin ishchi o‘tish joylariga kela boshlagan muhojirlar tufayli Rossiya bilan quruqlik chegarasini butunlay yopishga qaror qildi. Boshpana izlovchilarning aksariyati Afrika va Yaqin Sharq davlatlaridandir”, deya xabar beradi mamlakat IIV.

Finlyandiya chegara xizmatining ma’lum qilishicha, qochqinlar oqimi keskin oshgan. Masalan, ularning soni butun oktyabr oyida 32 va sentyabrda 13 kishini tashkil etgan bo‘lsa, noyabr oyining birinchi yarmida 415 nafarga yetgan. Qo‘shimcha qilinishicha, muhojirlarning mamlakatga noqonuniy kirishiga “xorijiy davlat rasmiylari” yordam bergan. Chegarani yopish orqali Finlyandiya hukumati "jonli qurollardan foydalanishni to‘xtatadi".

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov vaziyatga baho berar ekan, Rossiya Finlyandiya qaroriga "ta’sir o‘tkaza olmasligi"ni aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda “pragmatik munosabatlar” o‘rnini “rusofobik pozitsiya” egallagan.

Ma’lumot uchun, 16 noyabr kuni Finlyandiya hukumati 18 noyabrdan boshlab Rossiya bilan chegaradagi to‘rtta nazorat-o‘tkazish punktini yopishga qaror qilgan. 18 noyabr kuni beshinchi “Vartius” nazorat-o‘tkazish punkti ham yopilgan. Keyinchalik Finlyandiya harbiylari chegaraga yetib keldi va qo‘shimcha himoya panjaralarini o‘rnatishni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Finlyandiya Rossiyadan velosipedlarning butun chegara bo‘ylab kirishiga taqiq joriy qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Finlyandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing