Endi Rossiyadan Finlyandiyaga velosipedda kirish taqiqlanadi

Olam

image

Finlyandiya 15 noyabrdan boshlab Rossiyadan velosipedlarning butun chegara bo‘ylab kirishiga taqiq joriy qilmoqda. Bu haqdagi ma’lumotni Xelsinkidagi Rossiya elchixonasi tasdiqlagan. 

Qayd etilishicha, cheklov noma’lum muddatga joriy etilgan.

Diplomatik missiyaga ko‘ra, “Vaalimaa”, “Nuyyamaa” va “Imatra” (Rossiya tomonidagi “Torfyanovka”, “Brusnichnoye” va “Svetogorsk” punktlariga to‘g‘ri keladi) avtomobil o‘tkazish punktlarida 9 noyabrdan boshlab bunday taqiq amalda mavjud. 

Umuman olganda, Rossiya va Finlyandiya o‘rtasidagi chegarada to‘qqizta nazorat punkti mavjud.

Janubi-Sharqiy Finlyandiya chegara qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, podpolkovnik Yukka Lukkari bu qarorni mamlakat hududiga noqonuniy hujjatlar bilan kelayotgan odamlar soni ortib borayotgani bilan izohlagan.

Sentyabr oyining o‘rtalaridan boshlab Rossiya davlat raqamlariga ega avtomobillarning Finlyandiyaga kirishi taqiqlangandi. Endilikda chegaradan o‘tishning yagona qonuniy yo‘li avtobusda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Finlyandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing