Finlyandiya Prezidenti mamlakatning NATOga kirishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Olam

image

Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo mamlakat hukumati yig‘ilishida NATOga qo‘shilish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi. Bu haqda mamlakatning “YLE” nashri xabar berdi.

“Prezident hukumatning NATO tashkiloti, milliy vakillar va xalqaro xodimlar maqomi to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifini imzoladi”, deyiladi xabarda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Finlyandiya shu yil oxirigacha NATOga qo‘shila oladi.

Finlyandiya Rossiyaning Ukrainaga bosqini fonida zudlik bilan NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berishga qaror qildi. Hukumatning NATOga qo‘shilish haqidagi rasmiy bayonoti 2022 yil 15 mayda e’lon qilingan. Finlyandiya parlamenti 2022 yil 17 mayda mamlakatning Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo‘shilishi taklifi bo‘yicha hukumat hisobotini 200 ta ovozdan 188 tasi bilan ma’qulladi. 2023 yil 1 martda mamlakatning NATOga kirishi haqidagi qonun loyihalari tasdiqlandi. 

Hozirgacha 30 davlatdan 29 tasi Finlyandiyaning NATOga arizasini ma’qullagan, Vengriya bundan mustasno. Turkiya ham yaqin-yaqingacha qarshilik bildirib kelayotgan edi. Ammo Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqarada Finlyandiya Prezidenti bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida davlatning Alyansga qo‘shilishiga roziligini bildirgan.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sauli Niinistyo Finlyandiya Prezidenti NATOga kirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar