Finlyandiya Erdo‘g‘anni haqoratlashga yo‘l ochib beryapti

Olam

image

Finlyandiya Milliy politsiya agentligi mamlakat NATOga a’zo bo‘lishidan oldin o‘tkazilgan namoyishlarda huquq-tartibot idoralari xodimlarining harakatlarini baholab, namoyishchilardan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an timsoli tushirilgan qo‘g‘irchoqlarni tortib olish noto‘g‘ri, degan qarorga keldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.  

Gap shundaki, 2023 yilning 26 mart kuni Turkiyaning Xelsinkidagi elchixonasi oldida kurdlar namoyishi bo‘lib o‘tdi, o‘shanda poytaxt politsiyasi aralashib, namoyishchilardan Prezident Erdo‘g‘anning ko‘rinishi mazax shaklida aks etgan qo‘g‘irchoqni tortib olgan edi. 

“Xelsinki politsiya departamenti Turkiya Prezidenti timsoli aks etgan qo‘g‘irchoqni profilaktik tarzda olib qo‘yish huquqiga ega emas edi”, deyiladi Milliy politsiya agentligi bayonotida. 

Finlyandiya joriy yilning 4 aprel kuni NATOga a’zo bo‘ldi.

Erdo‘g‘anning g‘azabini qo‘zitgan qo‘g‘irchoq

2023 yilning yanvar oyi o‘rtalarida Shvetsiya poytaxtida Turkiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanuvchi Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP)ni qo‘llab-quvvatlash uchun norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Aksiya chog‘ida Stokgolm meriyasi yonida Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anga o‘xshagan qo‘g‘irchoq oyoqlaridan osib qo‘yildi. Turkiya hukumati bu harakatni qoraladi. Shvetsiyaning Anqaradagi elchisi ikki marta Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va norozilik bildirildi. Turkiya hukumati Shvetsiya Mudofaa vaziri Pol Yonssonning 27 yanvarga mo‘ljallangan Turkiyaga tashrifini Stokgolmda bo‘lib o‘tgan namoyishlar tufayli bekor qildi.

Picture background

2023 yilning iyun oyiga kelib, Syurix shahrida Erdo‘g‘an ko‘rinishidagi qo‘g‘irchoq hamda Turkiya bayrog‘i yoqib yuborildi. Qayd etilishicha, mazkur namoyish Shveysariyaning Syurix shahridagi UBS banki binosi oldida Syurix inqilobiy ish tashlashlar jamoasi nomli guruh tomonidan amalga oshirilgan. Shu bilan birga “Erdo‘g‘anni (o‘ldir)” deya yozilgan banner ham ko‘tarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Finlyandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made