Finlyandiya HHK 100 yillik belgidan voz kechdi

Olam

image

Finlyandiya harbiy-havo kuchlari uzoq vaqtdan beri timsol sifatida ishlatib kelinayotgan svastikadan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu rasman e’lon qilinmagan. Ammo mashmashali ramzning yo‘qolishi Xelsinki universiteti akademigi Tayvo Teyvaynenning diqqatidan chetda qolmadi.

Ta’kidlanishicha, mamlakat havo kuchlari ushbu belgini 1918 yildan beri ishlatib kelmoqda. 1945 yilgacha svastika oq fonda ko‘k rangda tasvirlangan. Dastlab, bu shved zodagoni Erik fon Rozen o‘zining qo‘shiniga taqdim etganidan so‘ng joriy etilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin mazkur natsizmni anglatuvchi mazkur belgi deyarli barcha joydan o‘chirildi. Ammo Finlyandiya havo kuchlarining formalari, bayroqlari va emblemalarida qoldirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Finlyandiya

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing