Finalissima sanasi tasdiqlandi
Sport
−
11:33 791 1 daqiqa
2024 yilgi Yevropa chempioni Ispaniya hamda 2024 yilgi Amerika Kubogi g‘olibi Argentina o‘rtasidagi Finalissima uchrashuvi 2026 yil 27 mart kuni Qatarda bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi. Bu haqda UEFA xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, final o‘yini 2022 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan 89 ming o‘rinli “Lusail” stadionida tashkil etiladi.
“Finalissima jahon futbolidagi eng nufuzli tadbirlardan birida ikki qit’a chempionini birlashtiradi. Bu futbolning haqiqatan ham global miqyosdagi ta’sirini va konfederatsiyalar o‘rtasidagi mustahkam aloqalarni namoyon etadi. Biz unutilmas futbol oqshomini intiqlik bilan kutmoqdamiz”, deydi UEFA prezidenti Aleksander Cheferin.
Ma’lumot uchun, Argentina amaldagi Finalissima g‘olibi hisoblanadi. 2022 yilda Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Lionel Skaloni shogirdlari Italiyani 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Finalissima o‘yini hali rasmiy tasdig‘ini topmagani, shu sababdan o‘yinda ishtirok etmasligini aytgan edi.
Live
Barchasi