Finalissima Madridga ko‘chirilishi mumkin
Sport
−
03 mart 904 1 daqiqa
Avvalroq, Qatar futbol assotsiatsiyasi AQSH va Isroil Eron urishidan so‘ng mamlakatdagi barcha turnir va uchrashuvlarni, shu jumladan, Dohada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi Finalissimani ham to‘xtatgandi. Hozirda Madridning “Santyago Bernabeu” stadioni Finalissima o‘yinini o‘tkazish uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Topskills Sports UK nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘yinning “Real Madrid” uy maydonida o‘tkazilish ehtimoli taxminan 40 foizga baholanmoqda.
Ta’kidlanishicha, Argentina va Ispaniya futbol federatsiyalari o‘yinni dastlab rejalashtirilgan sanada o‘tkazishga sodiq, chunki boshqa sanalar amaliy jihatdan imkoniyatli emas. Bu omil stadion tanlashga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, ushbu o‘yin uchun Mayami (AQSH) stadioni, Londondagi “Tottenxem Xotspur”, Parijdagi “Park de Prens” va “Turin” (Italiya) stadionlari ham nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, Argentina amaldagi Finalissima g‘olibi hisoblanadi. 2022 yilda Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Lionel Skaloni shogirdlari Italiyani 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.