Filippinga yopirilgan to‘fon 75 kishining umriga zomin bo‘ldi

Olam

image

Filippinga “Rai” to‘foni yopirilishi oqibatida hozirgacha 75 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Agence France-Presse” xabar bermoqda.

Uning manbasiga ko‘ra, to‘plangan ma’lumotlarni yakuniy deb hisoblash mumkin emas, chunki aloqa muammolari tufayli bugungi kunga qadar barcha ma’lumotlar olinmagan.

Gonkong meteorologiya observatoriyasi joriy yilning 16 dekabr kuni yangi, bu yil hisobida 22-to‘fon, Tinch okeanining g‘arbiy qismida shakllangani va “Rai” deb nomlangani haqida xabar bergandi.

Vetnam Gidrometeorologik bashoratlar milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 19 dekbar kuni kunduzi falokat epitsentri Binding provinsiyasi suvlarida bo‘lishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Filippin

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing