Filippindagi tayfun qurbonlari qariyb 300 nafarga yetdi

Olam

image

Filippinda “Kalmaegi” tayfuni va “Fung-Vong” supertayfuni oqibatida halok bo‘lganlar soni 297 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakatning milliy favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kengashi ma’lumotiga tayanib, Philippine News Agency (PNA) xabar berdi.

“Kalmaegi” tayfuni va “Fung-Vong” supertayfuni joriy yilning noyabr oyi boshida Filippinga zarba bergan. 6 noyabr kuni Filippin Prezidenti Ferdinand Markos mamlakatda milliy ofat rejimini e’lon qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Kalmaegi” tayfuni oqibatida 269 kishi halok bo‘lgan, ularning aksariyati Sebu provinsiyasida, Negros orolida, shuningdek G‘arbiy va Sharqiy Visayalar mintaqalarida topilgan. 523 kishi jarohatlangan, 113 kishi bedarak yo‘qolgan.

“Fung-Vong” supertayfuni oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan. Ularning aksari Iflugao provinsiyasida, Luson orolining shimolida aniqlangan. 52 kishi jarohatlangan, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan.

PNA ning yozishicha, Fuqaro mudofaasi boshqarmasi ikki tayfun jabrdiydalariga taxminan 838,5 million Filippin pesosi (taxminan 14,2 million dollar) miqdorida yordam ko‘rsatilganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tayvanda “Fung-vong” tayfuni oqibatida toshqinlar kuzatilgani va Tayfun sharqiy qirg‘oqlarga rekord darajadagi yog‘ingarchilik keltirganidan so‘ng 8 300 nafardan ortiq kishi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayfun Filippin Kalmaegi Fung-Vong

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing