Filippinda “Rai” to‘foni qurbonlari soni 400 ga yaqinlashdi

Olam

image

Filippinda mamlakatning markaziy va janubiy provinsiyalarini qamrab olgan “Rai” to‘foni qurbonlari soni 375 kishiga yetdi. Tayfun epitsentrida shamol tezligi soatiga 195 km ga yetgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 500 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan, 56 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida. Qurbonlar soni ortishi mumkin.

Umuman olganda, “Rai” to‘foni 780 mingga yaqin aholi yashaydigan hududlarga ta’sir ko‘rsatdi. Yuz minglab odamlar xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi.

Hududdagi qidiruv-qutqaruv ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shinlar safarbar etilgan.

Ma’lumot uchun, Filippinda har yili o‘rtacha 20 ta bo‘ron va tayfunlar sodir bo‘ladi. “Xayyan” to‘foni Filippindagi eng halokatli bo‘lib, 2013-yilda 6000 dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lgan va katta zarar keltirgan.

Avvalroq Filippinda "Rai" to‘foni oqibatida 121 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

to'fon Filippin

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing