Filippinda minglab uylar yonib ketdi (video)
Olam
−
25 noyabr
3330Kecha, 24 noyabr kuni Filippin poytaxti Manilada yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda ABC xabar berdi.
Yong‘in xizmati olovni zich joylashgan ko‘p qavatli uylardan birining ikkinchi qavatidan boshlangan deb taxmin qilgan. Olovning keng yoyilishi sababli 1000 ga yaqin uy yonib ketgan. Yong‘in xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu binolarda 2000 ga yaqin oila yashagan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
“Bu hudud yong‘in xavfi ostida, chunki bu yerdagi uylarning aksariyati yengil materiallardan qurilgan”, degan o‘t o‘chiruvchilardan biri.
Ma’lum qilinishicha, hodisani oldini olish uchun o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar 36 ta yuk mashinasi, to‘rtta o‘t o‘chirish qayig‘i va vertolyotlardan foydalangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippinning shimoli-sharqida sodir bo‘lgan tropik “Trami” bo‘roni keltirib chiqargan toshqinlar va ko‘chkilar oqibatida 97 kishi halok bo‘lgandi. Mahalliy manbalar tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Trami”ning infratuzilmaga yetkazgan zarari taxminan 26,35 million dollarni, qishloq xo‘jaligidagi moliyaviy yo‘qotish esa 43 million dollarni tashkil etgan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi