Filippinda kuchli zilzila ortidan sunami xavfi e’lon qilindi

Olam

image

Filippin janubidagi Mindanao oroli qirg‘oqlarida 7,6 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi. 

Zilzila mahalliy vaqt bilan 22:37 da (Moskva vaqti bilan 17:37) taxminan 32 km chuqurlikda sodir bo‘lgan. 

Tinch okeanidagi sunami haqida ogohlantirish markazi zilzila kuchi va joylashuvi tufayli Filippin janubida, shuningdek, Indoneziya,  Palau va Malayziyaning ayrim hududlarida sunami kutilishi mumkinligini ma’lum qildi. 

Filippin vulqonologiya va seysmologiya instituti janubiy qirg‘oq aholisini zudlik bilan evakuatsiya qilishni tavsiya qildi. G‘arb ommaviy axborot vositalari yaqin soatlarda sohilda sunami to‘lqinlarining paydo bo‘lish xavfi saqlanib qolishini ta’kidlamoqda. 

Biroq kuchli to‘lqinlar, jarohatlar yoki infratuzilmaga zarar yetganligi haqida xabarlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Filippin tsunami Mindanao oroli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing