Filippinda bo‘ron oqibatida yuzga yaqin odam halok bo‘ldi
Olam
−
28 Oktabr
2216Filippinning shimoli-sharqida sodir bo‘lgan tropik “Trami” bo‘roni keltirib chiqargan toshqinlar va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 97 kishiga yetdi. Bu haqda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish bo‘yicha milliy kengash ma’lum qildi.
“Trami” bo‘roni tufayli kuchli yomg‘ir 97 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, 69 kishi jarohat olgan, 30 kishi bedarak yo‘qolgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda”, degan kengash o‘z bayonotida.
Mahalliy manbalar tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Trami”ning infratuzilmaga yetkazgan zarari taxminan 26,35 million dollarni, qishloq xo‘jaligidagi moliyaviy yo‘qotish esa 43 million dollarni tashkil etgan.
Qolaversa, 44 ming 537 bino va jami 6,7 million kishi zarar ko‘rgan.
Ma’lumot uchun, Filippin har yili 20 ga yaqin tayfunga duchor bo‘ladi. 2013 yilda “Xayyan” tayfuni 7300 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lib, katta vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda “Milton” to‘foni kamida 11 kishining hayotiga zomin bo‘lgani xabar qilingandi. Sent-Lyusi va Sitrus okruglarida, shuningdek, Ormond-Bich va Sent-Pitersberg shaharlarida yashagan 10 kishi halok bo‘lgan. Biroz vaqt o‘tgach, Tampa shahrida qutqaruvchilar yana bir qurbon – taxminan 70 yoshli ayolning jasadini topgani ma’lum bo‘ldi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi