Filippinda 8,1 magnitudali zilzila bo‘ldi (video)
Olam
−
09:35 2987 1 daqiqa
Filippinning janubida sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali kuchli zilzila oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda ABS-CBN News xabar berdi.
Yevropa O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC)ning ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri taxminan 679 ming aholi yashaydigan General-Santos shahridan 51 kilometr uzoqlikda joylashgan. Yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 23:37 da qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Hozircha halok bo‘lganlar, jarohat olganlar yoki vayrongarchiliklar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Filippin vulkanologiya va seysmologiya instituti mutaxassislariga ko‘ra, sunami xavfi mavjud bo‘lib, to‘lqinlar odatdagi suv sathidan bir metrdan ham balandroq ko‘tarilishi mumkin, yopiq qo‘ltiq va bo‘g‘ozlarda esa bundan ham yuqori bo‘lishi ehtimoli bor.
Filippinlar tarixida eng kuchli va eng fojiali zilzilalardan biri 1976 yil 17 avgustda Moro qo‘ltig‘ida sodir bo‘lgan. O‘sha paytda magnituda 7,9–8,1 ni tashkil etgan zilzila va undan keyingi sunami 700 kilometrdan ortiq qirg‘oq hududini qamrab olib, taxminan 5 mingdan 8 minggacha inson hayotiga zomin bo‘lgan.
Live
Barchasi