Filippinda ham maymunchechak virusi aniqlandi
Olam
−
19 avgust
3141Filippinda o‘tgan yilning dekabr oyidan beri ilk bor maymunchechak (M-pox) virusining yangi holati aniqlandi. Bu haqda bugun, 19 avgust kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bemor 33 yoshli erkak bo‘lib, u Filippindan tashqariga chiqmagan. Mamlakatda ushbu virus ilk bor 2022 yil iyul oyida aniqlangan bo‘lib, bugungi yangi holat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan o‘ninchisi bְo‘ldi.
"Simptomlar bir haftadan ko‘proq vaqt oldin isitma bilan boshlangan, to‘rt kundan so‘ng yuz, bel, bo‘yin, chanoq, shuningdek, kaft va oyoqlarda toshmalar chiqqan", dedi Filippin Sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘z bayonotida.
14 avgust kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Kongo Demokratik Respublikasidan qo‘shni davlatlarga tarqalib ketgan epidemiya sababli global sog‘liqni saqlash favqulodda holatini e’lon qilgan bo‘lib, bu ogohlantirishning eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq virus Shvetsiya va Pokistonda aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi