Filippin Prezidenti Xitoyni “qizil chiziqni kesib o‘tish”dan ogohlantirdi
Olam
−
01 iyun
7108Filippin Prezidenti Ferdinand Markos Xitoyni Janubiy Xitoy dengizida qizil chiziqni kesib o‘tishdan ogohlantirdi. Bu haqda u Singapurdagi xavfsizlik forumida so‘z ochdi.
“Agar biror filippinlik Xitoyning qasddan harakatlari oqibatida vafot etsa, Filippin buni urush harakatiga yaqin, deb hisoblaydi va shunga mos ravishda javob qaytaradi”, degan Prezident.
Xitoy harbiy voizi esa Filippinni tuhmat qilishda aybladi.
So‘nggi oylarda Xitoy va Filippin o‘rtasida Janubiy Xitoy dengizidagi hudud bo‘yicha uzoq davom etgan bahs agressiv to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Manila Xitoy patrul kemalari qayiqlar va ta’minot kemalariga suv to‘pidan o‘q uzganidan shikoyat qildi. Pekin esa o‘z suverenitetini himoya qilayotganini aytdi. Sammitda Xitoy harbiy vakili Filippinni provokatsiya qilishda aybladi.
Kuzatuvchilar har qanday keskinlashuv Janubiy Xitoy dengizida xitoylar va amerikaliklar o‘rtasida mojaroga sabab bo‘lishidan xavotirda. Chunki AQSH va Filippin o‘rtasidagi shartnomaga binoan, agar Filippin hujumga uchrasa, AQSH Janubi-Sharqiy Osiyo davlatini himoya qilishga majburdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasida ishtirok etmasligi ma’lum bo‘lgandi.
Habib Jo‘raboyev