Filippin qisqartirilgan ish haftasini joriy etadi
Olam
−
08 mart 2711 2 daqiqa
Filippin hukumati Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvi fonida elektr energiyasini tejash maqsadida to‘rt kunlik ish haftasini joriy qilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Ertaga, 9 martdan boshlab mamlakatdagi davlat muassasalari vaqtincha yangi ish tartibiga o‘tadi. Bunday qarorni mamlakat Prezidenti kichik Ferdinand Markos Fors ko‘rfazidagi urush tufayli jahon bozorida yoqilg‘i narxi ko‘tarilayotgani sababli qabul qilgan.
Qisqartirilgan ish haftasi favqulodda xizmatlar, masalan, politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va aholiga tezkor yordam ko‘rsatuvchi boshqa idoralarga daxl qilmaydi.
“Qisqartirilgan ish haftasi vaqtinchalik bo‘lib, u favqulodda xizmat ko‘rsatuvchilarga, jumladan, politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va aholini bevosita qo‘llab-quvvatlovchi boshqa idoralarga taalluqli bo‘lmaydi”, deydi Prezident.
Shu bilan birga, hukumat davlat tuzilmalaridan elektr energiyasi va yoqilg‘i sarfini 10–20 foizga kamaytirishni talab qilgan.
Bungacha tahlilchilar neft narxining keskin ko‘tarilishini prognoz qilgan edi. Narx oshishining asosiy sababi sifatida Hormuz bo‘g‘ozining to‘silib qolishi ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi mojaro fonida Indoneziya AQSH Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan “Tinchlik kengashi” tarkibidan chiqish bilan tahdid qilgan birinchi davlat bo‘lgani xabar qilingandi. Mamlakat rasmiylari agar ushbu organ foyda keltirmasa va davlat manfaatlariga zid bo‘lsa, Jakarta kengashdan chiqishini bildirdi.
Live
Barchasi