Filippin qirg‘oqlarida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
16 fevral 2023
6737Kecha, 15 fevral kuni Filippinning Luzon orollariga yaqin sohillarda 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSH Geologiya xizmati xabar berdi.
Zilzila mamlakat mahalliy vaqti bilan soat 02:10 da qayd etilgan.
Zilzila epimarkazi 2,1 ming aholi istiqomat qiluvchi Bikol viloyatining Miaga qishlog‘idan 11 km janubi-g‘arbda qayd etilgan.
Yer silkinishlari Luzon va Filippinning markaziy qismidagi bir qancha hududlarda, jumladan, Albay provinsiyasidagi Legaspi shahrida, Sorsogon, Shimoliy Samar, G‘arbiy Negros va Janubiy Leyteda ham sezilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar to‘qqiz soatlik interval bilan sodir bo‘ldi.
Yer silkinishlari ortidan yuzlab yerosti silkinishlari qo‘shni davlatlarda ham sezilgan, ulardan Suriya eng ko‘p zarar ko‘rgan. Turkiyada 36 mingdan ortiq odam halok bo‘lib, 108 mingdan ortiq kishi jarohatlandi.