Figurali uchish bo‘yicha Rossiya chempioni Alina Gorbacheva yo‘qolib qoldi
Sport
−
29 avgust 2023 16087 1 daqiqa
O‘smirlar o‘rtasida figurali uchish bo‘yicha Rossiya chempioni Alina Gorbacheva Moskvada g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda sportchining onasi RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
Kecha, 28 avgust kuni Alina Gorbacheva mashg‘ulotdan so‘ng “Chkalov Arena”dagi maydonni tark etgan. Oxirgi marta u Volokolamsk shossesi bo‘yidagi 67-joy hududida kuzatuv kameralariga tushgan.
“Hozircha Alina haqida ma’lumot yo‘q. Biz izlayapmiz, faqat kameralardan olingan tasvirlar, uning parkka qanday kirgani bor. Endi it bilan kinolog keldi, ular qarashadi. Ammo ko‘p vaqt o‘tdi", deydi Alinaning onasi.
“112” Telegram-kanali xabariga ko‘ra, sportchining buyumlari Pokrovskaya qirg‘og‘idagi plyajdan topilgan.
Qizning yonida 20 ming rubl, planshet va telefon bo‘lgan. “Baza”ning yozishicha, Gorbacheva g‘oyib bo‘lishidan oldin murabbiyi bilan janjallashib qolgan.
Tergov qo‘mitasining Moskva boshqarmasi matbuot xizmati qizning g‘oyib bo‘lishi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tashkil etilganini ma’lum qilgan.
16 yoshli Alina Gorbacheva o‘smirlar o‘rtasida figurali uchish bo‘yicha Rossiya chempioni. Murabbiy Sofiya Fedchenko qo‘l ostida shug‘ullanadi. O‘tgan mavsumda figurali uchuvchi Rossiya Gran-prisining finalida oltinchi o‘rinni egalladi, shuningdek, sport muxlislarini hayratda qoldirib, milliy chempionat g‘olibiga aylandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr