FIFA jahon chempionati taqvimini e’lon qildi

Sport

image

FIFA 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining final bosqichi taqvimini e’lon qildi.

Futbol bo‘yicha to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi JCH-2022 o‘yinlari 21 noyabr kuni Doha shahridagi “Al-Bayt” stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yin bilan ochilib, 18 dekabr kuni shu shahardagi “Lusail” stadionida o‘tkaziladigan final bahsi bilan yakunlanadi. Musobaqa uchun arablar 8 ta stadionni hozirlashmoqda.

Ma’lumot uchun, jahon chempionatining guruh bosqichidan o‘rin olgan bahslar 2022 yilning 21 noyabrdan 2 dekabrga qadar o‘tkaziladi. Guruh bosqichida har bir kunda to‘rttadan o‘yin bo‘lib o‘tishi belgilangan.

3 dekabrdan boshlab, guruhdan chiqqan 16 terma jamoa ishtirokidagi nimchorak final o‘yinlariga start beriladi va bu bosqichning so‘nggi bahslariga 6 dekabr kuni yakun yasaladi.

Chorak final o‘yinlari ikki kunlik tanaffusdan so‘ng, 9 dekabr kuni boshlanadi va 10 dekabr kuni yakunlanadi. Yarim final bahslari 13-14 dekabr kunlariga belgilangan.

Yarim finalda mag‘lub bo‘lganlar 17 dekabr kuni 3-o‘ringa kim munosib ekanligiga oydinlik kiritishsa, navbatdagi jahon chempionlarining kim bo‘lishini 18 dekabr kuni bilib olamiz.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati FIFA

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing