FIFA vaqtni behuda sarflashga qarshi yangi qoida tayyorlamoqda

Sport

image

FIFA Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) bilan hamkorlikda o‘yinlar davomida vaqtni ataylab cho‘zish holatlarini kamaytirishga qaratilgan yangi qoidani ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Globo” xabar beradi.

Mazkur o‘zgarishlar, asosan, tibbiy yordamni maydonda oladigan futbolchilarga taalluqlidir. Taklif qilinayotgan qoida bo‘yicha, o‘yin davomida tibbiy yordam olayotgan har qanday futbolchi maydonni tark etishi va kamida bir daqiqa davomida yon chiziqda qolishi shart bo‘ladi. Shu sababli, tibbiy yordam olayotgan jamoa vaqtincha kamida bir futbolchisiz o‘ynaydi.

Ushbu chora ayniqsa o‘yinlarning oxirida, jarohatlar tufayli taktika maqsadida pauzalarni ishlatishning oldini olishga qaratilgan. Agar qoida qabul qilinsa, u barcha jamoalar va turnirlarda bir xil tarzda qo‘llanadi.

Qoidaning rasmiy muhokamasi va ovoz berish joriy yilning 7 mart kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashining yillik umumiy yig‘ilishida bo‘lib o‘tadi. Tasdiqlansa, bu o‘yin qoidalarida so‘nggi yillarda kiritilgan eng qat’iy o‘zgarishlardan biri bo‘lib, futbol o‘yinlarining taktika jihatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

tibbiy yordam FIFA qoida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing