FIFA va UEFA Rossiyaga yana o‘z eshiklarini ochadimi?
Sport
−
22 mart 2023
4456Rossiya futbol ittifoqi FIFA va UEFA bilan Rossiya jamoalarining xalqaro turnirlarga qaytishi bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi bosh kotibi o‘rinbosari Denis Rogachev Davlat Dumasining Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Milliy terma jamoaning faoliyati to‘xtab qolgani yo‘q. Biz juda qiyin muzokara jarayonlarini boshdan o‘tkazyapmiz. Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining iyun oyida bo‘lib o‘tadigan chempionatida ishtirok etish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda. FIFA va UEFA turnirlarida ishtirok etish uchun korporativ huquqlarni saqlab qoldik. Biz hamkasblarimiz bilan musobaqalarga bosqichma-bosqich qaytish bo‘yicha ish olib boryapmiz”, deydi Rogachev.
2022 yilning 28 fevralida FIFA va UEFA Ukrainadagi urush sababli Rossiya klublari va terma jamoalarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini taqiqladi. O‘shandan beri Rossiya milliy terma jamoasi uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Sentyabr oyida rossiyalik futbolchilar Bishkekda Qirg‘iziston (2:1), noyabrda Dushanbeda Tojikiston (0:0) va Toshkentda O‘zbekiston (0:0) bilan bahs olib bordi.
LiveBarchasi