FIFA O‘zbekistonga VAR tizimidan foydalanishga ruxsat berdi

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda futbol bo‘yicha 2021 yilgi mavsum uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanish bo‘yicha O‘FA hamda FIFA mutaxassislarining o‘zaro muzokaralari ijobiy yakun topgan. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmati xabar berdi. 

Tizimdan foydalanish bo‘yicha FIFA VAR platformasiga zarur me’yoriy hujjatlar o‘z vaqtida yuklandi. Shuningdek, video yordamchi hakamlar brigadasining 2020 yilgi futbol o‘yinlarida qayd etgan natijalari hisoboti FIFA tomonidan qabul qilindi.

Shu sababli, FIFA 2021 yilgi mavsum davomida O‘FA hamda O‘zPFL tomonidan tashkil etiladigan futbol uchrashuvlarida VAR tizimini qo‘llashga ruxsat berdi.

O‘tgan yili O‘zbekiston Coca Cola kubogi final uchrashuvi mamlakatda VAR texnologiyasidan foydalanilgan ilk rasmiy o‘yin bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA VAR tizimi

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing