FIFA O‘zbekiston klublariga pul to‘laydi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) klublarga futbolchilarining Jahon chempionati-2026 musobaqasida qatnashishi uchun rekord miqdorda – 355 million dollar kompensatsiya to‘laydi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.

FIFA matbuot xizmatining xabar berishicha, Klublar uchun imtiyozlar dasturi (Club Benefits Programme) doirasida 2026 yilgi Jahon chempionatining saralash hamda final bosqichida futbolchilari ishtirok etadigan klublar o‘rtasida rekord 355 million dollar taqsimlanadi.
 
Qayd etish joiz, 2022 yilda Qatarda o‘tgan mundial bilan solishtirganda to‘lovlar 70 foizga oshirilgan. O‘shanda 440 klubga jami 209 million dollar berilgan. 2018 yilda Rossiyada o‘tgan turnirdan so‘ng esa 416 klubga shuncha mablag‘ taqsimlangan. 2014 yilda Braziliyada bu summa 70 million dollarni, 2010 yilda Janubiy Afrikada (dastur ilk bor joriy etilgan paytda) esa atigi 40 million dollarni tashkil qilgandi. Ma’lum qilinishicha, ilk bor klublar nafaqat Jahon chempionati final bosqichiga, balki saralash o‘yinlariga futbolchilarini yuborgani uchun ham kompensatsiya oladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi birinchi marta qatnashadigan Jahon chempionati 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Final esa Nyu-Jersidagi “MetLife Stadium” arenasida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA Xalqaro futbol federatsiyasi Klublar uchun imtiyozlar dasturi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing