“FIFA Series 2026” musobaqalaridan biri O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Sport
−
22 noyabr 2025 11290 1 daqiqa
FIFA 2026 yil mart-aprel oyidagi xalqaro tanaffus doirasidagi o‘tkazilishi rejalashtirilgan “FIFA Series 2026” mini-turnirlaridan biri O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu turnirga mezbon sifatida O‘zbekistondan tashqari Avstraliya, Ozarbayjon, Indoneziya, Qozog‘iston, Mavrikiy, Puerto-Riko va Ruanda davlatlari ham bu turnirga mezbonlik qiladi. Bu haqda FIFA rasmiy sahifasida e’lon qildi.
Ushbu musobaqa 2024 yil mart oyida o‘tkazilgan sinov shakli muvaffaqiyatli o‘tgach, 2026 yilgi “FIFA Series” ushbu tashabbusning birinchi to‘liq shakldagi ko‘rinishi bo‘ladi. Bu safar ishtirokchi assotsiatsiyalar soni ko‘proq, mezbon mamlakatlar ham kengaygan. Kengaytirilgan format xalqaro o‘yinlarning saviyasini oshirish va global futbol rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida ishlab chiqilgan.
“FIFA Series futbolchilar, murabbiylar va muxlislar uchun yangi rivojlanish imkoniyatlarini ochishga, mazmunli o‘yinlar orqali futbolning universalligi va xilma-xilligini targ‘ib etishga qaratilgan. 2026 yilgi musobaqa bu ta’sirni erkaklar va ayollar futbolida yanada kuchaytiradi”, deydi FIFA prezidenti Janni Infantino.
Ma’lumot uchun, “FIFA Series” dastlab 2022 yil dekabrda FIFA Kengashi tomonidan ma’qullangan bo‘lib, u futbol infratuzilmasini endi shakllantirayotgan mamlakatlarga yirik turnir sharoitiga yaqin muhitda xalqaro o‘yin tajribasini orttirish imkonini beradi. Bu esa texnik hamda tashkiliy rivojlanishga katta hissa qo‘shadi.