FIFA Senegal terma jamoasini jazolamoqchi

Sport

image

FIFA prezidenti Janni Infantino Senegal terma jamoasining Marokashga qarshi Afrika kubogi finali vaqtida maydonni tark etganini keskin tanqid qildi va Afrika futbol konfederatsiyasini (CAF) ushbu holat yuzasidan tegishli intizomiy choralar ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Kecha, 18 yanvar kuni turnir finali qo‘shimcha vaqtda Pape Geyening goli evaziga Senegal Marokash terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 90+8-daqiqada bosh hakam Senegal darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu qarordan so‘ng senegallik futbolchilarning aksariyati norozi bo‘lib, maydonni tark etdi. Biroq, jamoa sardori Sadio Mane ularni tinchlantirib, o‘yinni davom ettirishga ko‘ndirdi. 

90+24-daqiqada Marokash yarim himoyachisi Braim Dias penaltidan unumli foydalana olmadi.

Qo‘shimcha vaqtda esa Senegal hal qiluvchi golni urdi. Тўқсон to‘rtinchi daqiqada yarim himoyachi Pape Gueye aniq zarba bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi.

“Afsuski, biz maydonda ham, tribunada ham mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan sahnalarga guvoh bo‘ldik. Ayrim muxlislar, shuningdek, Senegal terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi a’zolarining xatti-harakatlarini keskin qoralaymiz. Maydonni bu tarzda tark etish mutlaqo nomaqbul. Hakamlar qarorlari doimo hurmat qilinishi shart. Jamoalar faqat o‘yin qoidalari doirasida raqobatlashuvlari kerak, chunki bu chegaralardan chiqish futbolning asl mohiyatiga putur yetkazadi”, deydi Janni Infantino.

Shuningdek, FIFA prezidenti jamoalar va futbolchilar muxlislar hamda butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar uchun ijobiy namuna bo‘lishi zarurligini ta’kidladi:

“Biz guvoh bo‘lgan sharmandali holatlar qat’iyan qoralanishi va hech qachon takrorlanmasligi lozim. Bunday sahnalarning futbolda o‘rni yo‘q. Tegishli CAF intizomiy organlari zarur choralarni ko‘rishini kutaman”, deydi FIFA rahbari.

 

O‘z navbatida, CAF rasmiy saytida tashkilot ushbu voqeaga oid videoyozuvlarni o‘rganayotgani va hodisaga aloqador shaxslarga nisbatan chora ko‘rish uchun ish vakolatli intizomiy organlarga topshirilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Janni Infantino FIFA Senegal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing