FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston o‘z o‘rnida qoldi

Sport

image

Bugun, 11 iyun kuni FIFA milliy jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston milliy jamoasi 1286 ochko bilan o‘tgan oydagi o‘rni – 85-pog‘onani saqlab qoldi.

Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi sabab xalqaro musobaqalar to‘xtatib qo‘yilgani bois terma jamoalarning reytingdagi o‘rnida qariyb o‘zgarishlar bo‘lmagan. Reytingda O‘zbekiston 3 ochko yo‘qotgan.

O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo jamoalari ichida 12-o‘rinni egallagan. JCH-2022 saralashidagi O‘zbekistonning guruhdoshlari: Saudiya Arabistoni 67, Falastin 103, Yaman 144, Singapur esa 157-pog‘onadan joy olgan.

FIFA reytingida yuqori o‘ntalikka Belgiya – 1765 ochko, Fransiya – 1733, Braziliya – 1712, Angliya – 1661, Urugvay – 1645, Xorvatiya – 1642, Portugaliya – 1639, Ispaniya – 1636, Argentina – 1623, Kolumbiya – 1622 kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

reyting FIFA

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing