FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
Sport
−
01 aprel 7952 1 daqiqa
FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 50-pog‘onadan o‘rin oldi.
Shuningdek, O‘zbekiston MTJ Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinni band etdi.
Reytingning birinchi uchligida o‘zgarishlar yuz berdi. Fransiya terma jamoasi 1877,32 ball bilan peshqadamga aylandi. Ikkinchi o‘rinda Ispaniya terma jamoasi (1876,4 ball) qayd etilgan. Uchinchi o‘rinni Argentina milliy jamoasi (1874,81) egallab turibdi.

FIFA reytingining kuchli o‘ntaligiga yuqorida aytib o‘tilgan jamoalardan tashqari, Angliya, Portugaliya, Braziliya, Niderlandiya, Marokash, Belgiya va Germaniya terma jamoalari kiradi.
Live
Barchasi