FIFA reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston ochko yo‘qotdi
Sport
−
09 aprel 2020
5532Bugun, 9 aprel kuni FIFA milliy jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston milliy jamoasi 1286 ochko bilan o‘tgan oydagi o‘rni – 85-pog‘onani saqlab qoldi.
Butun dunyoda sport musobaqalari to‘xtatilgani sababli terma jamoalarning reytingdagi o‘rnida qariyb o‘zgarishlar bo‘lmagan. Faqatgina Janubiy Sudan milliy jamoasi bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan. Reytingda O‘zbekiston 3 ochko yo‘qotgan va Belarus ochkolari 3 ochko ko‘paygan.
O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo jamoalari ichida 12-o‘rinni egallagan. JCH-2022 saralashidagi O‘zbekistonning guruhdoshlari: Saudiya Arabistoni 67, Falastin 103, Yaman 144, Singapur esa 157-pog‘onadan joy olgan.
FIFA reytingida yuqori o‘ntalikka Belgiya – 1765 ochko, Fransiya – 1733, Braziliya – 1712, Angliya – 1661, Urugvay – 1645, Xorvatiya – 1642, Portugaliya – 1639, Ispaniya – 1636, Argentina – 1623, Kolumbiya – 1622 kiritilgan.
LiveBarchasi