FIFA prezidenti Parijda O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashdi (video)
Sport
−
31 iyul
6235Kecha, 30 iyul kuni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Parijda joylashgan tashkilot ofisida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi va bu haqda o‘zining rasmiy sahifasida post qoldirdi.
“O‘zbekiston Markaziy Osiyoda FIFA doirasidagi xalqaro musobaqani qabul qiladigan birinchi davlat bo‘ladi, mamlakat 14 sentyabrdan 6 oktyabrgacha FIFA Futzal Jahon Chempionatiga mezbonlik qiladi. Men ushbu tarixiy musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishdagi ulkan ishlar uchun minnatdorchilik bildirdim va omad tiladim. May oyida Samarqandda o‘tkazilgan qur’a tashlash marosimi O‘zbekistondan nimalarni kutishimiz mumkinligini ko‘rsatib berdi. Men ushbu mamlakatdan ajoyib va go‘zal turnir mezbonligini kutmoqdaman”, deydi Infantino.
FIFA prezidenti, o‘zining xabarida, shuningdek, bugungi tadbir davomida O‘zbekistonga FIFA Futzal Jahon chempionati rasmiy kubogini topshirganligini qayd etgan. Bundan tashqari, Parijda joylashgan ofisdagi muzey haqida aytib, u yerda Ravshan Ermatovning hakamlik davridagi eksponatni ko‘rish yoqimli bo‘lganligini ta’kidlagan.