FIFA korrupsion tashkilotmi? Infantino javob berdi

Sport

image

FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilotga qarshi aytilgan salbiy bayonotlarga izoh berdi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

“Meni va FIFA'ni nega tanqid qilayotganingizni tushunmayapman. Nega ba’zi jurnalistlarda biz haqimizda juda yomon tushuncha shakllangan? Yoki men jurnalistlar bilan yetarlicha muloqot qilmayapmanmi? Biz kambag‘allarni futbolga har tomonlama jalb etishga ko‘maklashamiz”, deydi Infantino.

Shuningdek, prezident o‘ziga nisbatan korrupsiya bilan bog‘liq noto‘g‘ri ayblovlar qo‘yilayotganini ta’kidladi.

“Menga shaxsiy hujumlar ham bor. Siz meni yoqtirishingiz shart emas. Bizni ko‘proq korrupsion tashkilot sifatida ayblashadi. Faktlarga tayanishingizni so‘rayman. Men jamoam bilan astoydil ishlayapman”, deya qo‘shimcha qildi tashkilot rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Janni Infantino 16 mart kuni Ruanda poytaxti Kigali shahrida bo‘lib o‘tgan FIFA'ning 73-kongressida tashkilot prezidenti saylovida yagona nomzod sifatida g‘alaba qozondi. Endi u 2027 yilgacha o‘z lavozimida faoliyat yuritadi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA Infantino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing