FIFA Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilari soni va turnir sanasini o‘zgartirdi

Sport

image

FIFA tashkiloti Klublar o‘rtasida jahon chempionatining ishtirokchilari sonini 24 taga oshirishga qaror qildi. Bu haqda FIFAning rasmiy saytida ma’lumot berildi

24 ta jamoa ishtirokidagi ilk jahon chempionati 2021 yilning iyun va iyul oylarida o‘tkazilishi belgilandi. Ma’lumot uchun, ushbu sanada FIFA milliy terma jamoalar o‘rtasida Konfederatsiyalar kubogi musobaqasini o‘tkazishi kerak edi.

Endi bundan buyon, Konfederatsiyalar kubogi musobaqasi o‘tkazilmaydi. Uning o‘rniga esa klublar o‘rtasida jahon chempionati tashkil etiladi va bu musobaqa har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi.

Oldinroq, Yevropaning top klublari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qarshi boykot e’lon qilishmoqchiligi aytilgan edi. Ularning fikriga ko‘ra, bu musobaqa shundoq ham uzoq davom etadigan mavsum uchun ortiqchalik qiladi. Natijada futbolchilarning mavsum avvalida dam olishlari uchun yetarli vaqt qolmaydi. Bu esa keyingi mavsum davomida futbolchilarning jismoniy holati bo‘yicha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing