FIFA futbol federatsiyasi 2 sobiq prezidentini umrbod diskvalifikatsiya qildi
Sport
−
12:12 460 1 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Maldiv orollari va Montserrat futbol federatsiyalarining ikki sobiq prezidentini futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan umrbod chetlashtirdi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.
Maldiv orollari futbol assotsiatsiyasining (FAM) sobiq prezidenti Bassam Adil Jalil FIFA’ning COVID-19 yordam dasturidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida suiiste’mol qilgani uchun 1 million Shveysariya franki (taxminan 1,23 million AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortildi va futbol bilan bog‘liq barcha faoliyatdan chetlashtirildi.
Montserrat futbol assotsiatsiyasining sobiq prezidenti Vinsent Kassell ham shunday jazoga tortildi. U lavozim vakolatlarini suiiste’mol qilish, manfaatlar to‘qnashuvi, mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanish hamda federatsiya xodimlarining jismoniy va ruhiy salomatligiga ta’sir qiluvchi xatti-harakatlarda aybdor deb topildi.
Shuningdek, Kassellga ham 1 million Shveysariya franki miqdorida jarima solindi.
Live
Barchasi