FIFA'dan yurish: JCH har ikki yilda o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

FIFA 2026 yildan boshlab Jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.

Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantinoning a’zo mamlakat futbol assotsiatsiyalariga yuborgan maktubida potensial chempionat taqvimi taqdim etilgan. Unga ko‘ra yetakchi futbolchilar yiliga 50 kun emas, balki 30 kun terma jamoalari safida bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, saralash turnirlarini qisqartirish taklif qilinmoqda. Jamoalar ko‘pi bilan 7 ta o‘yinda maydonga tushadi va bu uchrashuvlarni mart-oktyabr oylarida o‘tkazish imkoniyatini beradi.

Ushbu fikrga UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin qarshi chiqdi. U, hatto turnirni boykot qilish bilan tahdid qilgan. Shuningdek, bu qarorni Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi (CONMEBOL) ham qo‘llab-quvvatlamadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov FIFA tomonidan ilgari surilayotgan Jahon chempionatlari o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklifiga javoban tashkilot tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, video murojaat yo‘llagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Jahon chempionati Janni Infantino FIFA UEFA

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing