FIFA Argentinani jazolashi mumkin 

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Tartib-intizom qo‘mitasi Argentina futbol assotsiatsiyasiga terma jamoa futbolchilari tomonidan ahloq qoidalarini buzganligi sababli ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.

Argentina futbol assotsiatsiyasiga nisbatan ish FIFA tartib-intizom kodeksining ikki moddasi – tajovuzkor xatti-harakatlar va halol o‘yin tamoyillarini buzganlik, shuningdek, futbolchilar va mansabdor shaxslarning nojo‘ya xatti-harakatlari bo‘yicha ochilgan. Shuningdek, Argentina Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati reglamenti bilan bir qatorda OAV va marketing qoidalariga taalluqli modda bo‘yicha ham jazolanishi mumkin. 

Argentina terma jamoasi futbolchilari Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalida Fransiya termasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:3; 4:2 – penaltilar bo‘yicha) miks-zonada matbuotning savollariga javob bermadi va terma futbolchilari FIFA'ning bir qator talablarini bajarmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made