FIDE’ning 36 yoshli vakili chivin chaqishi oqibatida vafot etdi

Sport

image

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) vakili hamda basketbol agenti Sergey Indeikin bezgak tashishi taxmin qilinayotgan chivin chaqishi sabab vafot etdi. Bu haqda “Mash na sport” nashri xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘limga bezgak kasalligini tarqatuvchi chivin chaqishi sabab bo‘lgan. Xabarlarga qaraganda, Indeikin Nigeriya poytaxti Abudja shahriga xizmat safari bilan borganida bezgak tarqatuvchi chivin chaqqan. Indeikin shifoxonaga yotqizilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.

Indeikinning tanishlari so‘zlariga ko‘ra, Sergey musobaqalarni shaxsan kuzatish uchun dunyoning turli mamlakatlariga ko‘p sayohat qilgan. Shu orqali u musobaqalar yuqori darajada tashkil etilgani va shaxmat o‘yini qoidalarga muvofiq o‘tkazilayotganiga ishonch hosil qilgan.

Bundan tashqari, Sergey basketbolni ham yaxshi ko‘rgan. U afsonaviy Permning “Ural-Greyt” klubiga muxlislik qilgan va ayollar basketbolida agent sifatida faoliyat yuritgan. Uning mijozlaridan biri Svetlana Rozanova yaqinda NCAAda o‘ynash uchun AQSHga yo‘l olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy afrikalik bokschi, ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Zolani Tete 38 yoshida o‘z uyi yaqinida otib o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing