Fevralda 1 sinf o‘quvchilari uchun qo‘shimcha ta’til beriladi
Jamiyat
−
07 yanvar 3552 1 daqiqa
O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga fevral oyida qo‘shimcha bir hafta ta’til beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda aytilgan.
Nizomga ko‘ra, 1 sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi. Ta’til muddati har bir maktabning o‘z pedagogik kengashi qarori asosida belgilanadi.
Ma’lumot uchun, maktablarda o‘quv yili 2025 yilning 2 sentyabr kunidan boshlangan va 2026 yilning 25 may kuniga qadar davom etadi. Bunda o‘quv yili davomiyligi 1 sinflar uchun 33 haftani tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, maktablarda qishki ta’til o‘tgan yilning 28 dekabridan boshlangandi. 2026 yil 11 yanvar yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026 yil 12 yanvardan boshlanadi.
Live
Barchasi