Ko‘cha qaytadimi?
Intervyu
−
19 iyul
347012023 yilning noyabr oyidan buyon eng ko‘p eshitgan so‘zimiz bu – “ko‘cha”, “ko‘chalar”, “smotryaiylar” bo‘ldi. Buning sababi esa o‘tgan yilning noyabridan boshlab respublika bo‘ylab “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri o‘tkazilgani. Mamlakatdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbir davomida 103 nafar shaxs qo‘lga olingani va 38 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilingan edi.
Ular:
- Jinoyat kodeksining 165-moddasi tovlamachilik (10 yildan – 15 yilgacha);
- Jinoyat kodeksining 168-moddasi firibgarlik (8 yildan – 10 yilgacha);
- Jinoyat kodeksining 248-moddasi qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish (10 yildan – 20 yilgacha);
Jinoyat kodeksining 273-moddasi giyohvandlik vositalar, ularning analoglari yoki psixotrop vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlarni qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish (10 yildan – 20 yilgacha);
Jinoyat kodeksining 276-moddasi giyohvandlik vositalar, ularning analoglari yoki psixotrop vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlarni qilish (3 yildan – 5 yilgacha);
Jinoyat kodeksining 277-moddasi bezorilik (3 yildan – 5 yilgacha);
Jinoyat kodeksining 242-moddasi Jinoiy uyushma tashkil etish kabi moddalarda ayblanib jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Qo‘lga olinganlar orasida jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomini olgan Baxtiyor Qudratullayev, “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev, “Salimboyvachcha” laqabli Salim Abduvaliyev va boshqalar ham bor.
Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida bo‘lib o‘tgan yopiq sud majlisida Salim Abduvaliyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 2-bandi bilan (noqonuniy qurol-yarog‘ saqlash) aybdor deb topilgan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan. Baxtiyor Qudratullayev va Saidaziz Saidaliyevlarga bog‘liq jinoyat ishi esa Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida ko‘rilmoqda.
QALAMPIR.UZ mazkur masala yuzasidan “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov bilan suhbatlashdi. Intervyuda
Nega O‘zbekiston birdaniga “ko‘cha bolalarini” terishni boshladi?
80-90 yillar avtoritetlari qanday bo‘lgan?
Birinchi Prezident Islom Karimov “ko‘chalar” bilan kurashganmi?
Shavkat Mirziyoyevning “ko‘cha bolalari” haqida gapirishi siyosiy irodami?
Jinoyatchilarni “jilovlash” Qirg‘iziston tomonidan qo‘yilgan talabmi kabi savollarga javob topasiz.
Videoni QALAMPIR.UZ’ning YouTube sahifasida tomosha qiling.
LiveBarchasi