Ferrari Xitoy bozoriga kirganining 30 yilligi munosabati bilan yangi mashina ishlab chiqardi
Texnologiya
−
19 yanvar 2023
8172Ferrari kompaniyasi maxsus avtomobil ishlab chiqarib, o‘zining 30 yilligini nishonladi. Bu haqda “Carbuzz” sayti xabar berdi.
Mashina 620 ot kuchiga ega 3,9 litrli turbo zaryadlangan V8 benzin 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan birlashtirilgan. Ta’kidlanishicha, avtomobilning dizayni an’anaviy Xitoy madaniyati va qadimiy hunarmandchilik texnikasidan ilhomlanib yaratilgan. Mashina kabinasi chiziqlari Xitoydagi Ming sulolasi klassik mebellarining o‘ziga xos ko‘rinishlarini eslatadi.
Shuningdek, mashina oltin va xitoy madaniyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan nefrit naqshlari bilan bezatilgan.
Nurmuhammad Fayzullayev