Fernandesh afsonaviy Runining rekordini yangiladi
Sport
−
16 dekabr
1120Angliya chempionatining 16-turida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda penaltidan gol urgan “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh 11 metrlik masofadan gol urish bo‘yicha turnirda klub rekordini o‘rnatdi.
Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi APL o‘yinlarida 25 ta penaltidan 21 tasini aniq amalga oshirdi. Fernandes bu borada mankunianliklar afsonasi Ueyn Runidan o‘zib ketdi, u 28 marta urinishdan 20 tasida gol urgan.
“Manchester Yunayted” 16 uchrashuvda 22 ochko jamg‘arib, Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.
Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi