Fermin Lopes “Barselona”da rekord o‘rnatdi
Sport
−
27 yanvar 3165 1 daqiqa
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoa tarixidagi bir o‘yinda 2+2 gol va assist qayd etgan eng yosh futbolchi bo‘ldi.
27 yanvarga o‘tar kechasi Ispaniya La Ligasi doirasida “Barselona” o‘z uyida “Valensiya”ni yirik 7:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinda kataloniyaliklar yarim himoyachisi Fermin Lopes 2 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi. Shu tariqa, Fermin 17 yosh-u 206 kunligida ushbu natijani qayd etib, klub tarixida rekord o‘rnatdi.
Ma’lumot o‘rnida, Ferninga qadar 2008 yilda “Barselona”ning sobiq futbolchisi Boyan Krkich “Valyadolid”ga qarshi o‘yinda 2 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. O‘shanda Krkich 17 yosh-u 208 kun bo‘lgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr