“Barselona” futbolçisi ikki öyinga diskvalifikatsiya qilindi 

Sport

−

visibility1325 timer1 daqiqa

image

“Barselona” yarim himoyaçisi Fermin Lopes Ispaniya çempionatining 13-turida “Vilyarreal”ga qarşi uçraşuvdan söng ikki öyinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) xabar berdi.

Joriy yilning 22 noyabr kuni “Barselona” tanaffusga 0:2 hisobida ortda borib kirganiga qaramay, öz maydonida “Vilyarreal”ni 3:2 hisobida mağlub etdi. Fermin Lopes 61-daqiqada gol urdi, 68-daqiqada almaştirildi. 75-daqiqada esa zaxira örindiğida ötirgan vaqtida qizil kartoçka oldi.

Futbolçi hakamning qaroriga faol ravişda e’tiroz bildirgani va törtinçi hakamga noroziligini ifodalagani uçun jazolandi. Diskvalifikatsiyadan taşqari, unga jarima ham belgilandi.

Şu tariqa, Fermin Lopes La Liganing joriy yilning 29 noyabr kuni “Deportivo”ga va 2 dekabr kuni “Atletiko Madrid”ga qarşi uçraşuvlarini ötkazib yuboradi.

Ma’lumot uçun, “Barselona” 13 ta uçraşuvda 36 oçko jamğargan holda La Liga turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda. Fermin Lopes joriy mavsumda Ispaniya çempionatining 12 ta öyinida maydonga tuşib, 8 ta gol muallifiga aylandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing