Fermer: MIB xodimlari Damas mashinamni noqonuniy olib ketdi (video)

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida Majburiy ijro byurosi xodimlari fermerning Damas rusumli avtomobilini noqonuniy olib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Unga video ham ilova qilingan.

Videoda iddao qilinishicha, Qiziriq tumani Bandixon qo‘rg‘oni Saroy mahallasida yashovchi fermer Bahrom Pardayev “Agrobank”ning tuman filiali krediti asosida MTZ 80 rusumli traktorni sotib olgan. Fermer kredit to‘lovlarini grafik asosida to‘lab kelgan.

Biroq joriy yilning 17 sentyabr kuni Qiziriq tumani MIB xodimlari kredit to‘lamagansiz deya, fermerning Damas rusumli yengil avtomobilini olib ketishgan.

Ta’kidlanishicha, MIB xodimlari xizmat guvohnomasini ko‘rsatishdan bosh tortgan yoki ularda hujjatlar bo‘lmagan. Fuqaro ulardan hujjat talab qilganda inspektorlar 2018 yil 6 iyundagi sud qarorini ro‘kach qilgan. Shuningdek, fermer MIB tomonidan ogohlantirilmagan ham.

Fermerning iddaosiga ko‘ra, bank yuristi kreditlar to‘langanini aytishiga qaramay, MIB inspektorlari tadbirkorning mulkini noqonuniy olib ketgan.

Hozircha mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo kredit MIB Qiziriq tumani

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing